Toshkentlik tadbirkor yuzdan ortiq daraxt ekish va 20 ta o‘rindiq o‘rnatish ishlarini tashkil qildi, deb yozadi Sputnik. Ammo u o‘z ism-sharifini oshkor etishdan bosh tortdi.
Obodonchilik ishlari olib borilgan mahalla — biznesmen tug‘ilib-o‘sgan joy. U bu yerga tez-tez kelib turadi, aholining muammolari bilan qiziqib, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatadi.
Bu safar u toshkentliklarni hududni tozalashga va ekinlar ekishga jalb qildi. Hashar ishtirokchilari ariqlarni tozalab, hovlilarni supurdi.
Izoh (0)