21-avgust kuni O‘zbekistonning YuNESKOdagi qayta tayinlangan doimiy vakili Umid Shodiyev Toshkentdan Parijga jo‘nab ketdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
Ushbu tayinlovgacha Umid Shodiyev Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
Bungacha (2008-yildan) O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillayeva bo‘lgan. U ushbu lavozimni tark etishi haqida 2-fevral kuni ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)