AQShning Takervill (Oklaxoma shtati) shahrida Backstreet Boys pop-guruhi konserti boshlanishini kutib turgan 14 kishi tadbir uchun vaqtinchalik tiklangan kirish arkasi qulashidan jabrlandi. Bu haqda guruh konserti o‘tkazilishi kerak bo‘lgan WinStar World Casino and Resort ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Arkaga soatiga 70-80 mil tezlikda shamol va kuchli yomg‘ir yopirildi. 14 kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, keyinchalik mahalliy kasalxonaga yetkazildi. Ulardan ikki nafariga javob berildi”, — deyiladi kazino xabarida.
Guruh chiqishi boshqa muddatga qoldirildi.
Izoh (0)