Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Dizayn” jamoasiga berilgan litsenziyani bekor qildi.
“Kun.uz” nashriga ko‘ra, Toshkent viloyatida joylashgan “Imzo Garden” dam olish maskaniga taklif etilgan “Dizayn” jamoasi a’zolari odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, beo‘xshov hazillarni ijro etgan. “Akfa group” xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda yangragan nomunosib hazillarning video va audiolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, jamoa faoliyatiga jiddiy e’tibor bildirilgan.
Shundan so‘ng jamoa a’zolari Dilshod Musabekov va Sa’dulla Fatxullayev videomurojaat bilan chiqib, o‘zbek xalqi, xususan, ichki ishlar xodimlaridan noma’qul so‘zlar ishlatilgan latifalar uchun kechirim so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.
Izoh (0)