“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Dizayn” jamoasiga berilgan litsensziyani bekor qildi.
Muassasaning rasmiy bildirgisiga ko‘ra, “Dizayn” jamoasi bilan tuzilgan litsenziya uning talab va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, ya’ni “milliy urf-odatlar va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi uchun” 2018-yil 11-avgust kunidan bekor qilindi.
Izoh (0)