• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev xorijiy safarlarga chiqayotgan hokimlar shartnomalarning quruq soni ortidan quvayotganini tanqid qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda hukumat a’zolari, davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashgan.

    Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar rahbarlarining xorijiy davlatlarga uyushtirgan xizmat safarlari natijalariga ham e’tibor qaratildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bosh vazir 144 ta investitsiya loyihasiga mas’ul etib biriktirildi

    Avval berilgan topshiriqqa muvofiq, Ishchi guruh tomonidan bu boradagi ishlar o‘rganilgani, xususan, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir qator muammolar aniqlangani qayd etildi. Ushbu hududlarda farmatsevtika, elektrotexnika va mashinasozlik sohasida keng imkoniyatlar bo‘lsa-da, asosan qurilish materiallari va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari bilan cheklanib qolingani tanqid qilindi. Yuqori texnologik tarmoqlarga asoslangan loyihalar esa umuman yo‘q.

    Ko‘pchilik delegatsiya a’zolarining maqsadli dasturi bo‘lmagani, chet elliklarga hududning iqtisodiy salohiyati bo‘yicha aniq ma’lumotlar bermagani, ayrim kelishuvlar qog‘ozda qolib ketayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Masalan, joriy yilning mart oyida Belgiyaga borgan Namangan viloyati delegatsiyasi Norin tumanida 200 bosh qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksini tashkil etish bo‘yicha 3 million dollarlik loyiha kelishuvini imzolagan. Biroq, oradan 5 oy o‘tganiga qaramasdan uni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ish boshlanmagan.

    Qator delegatsiyalar xizmat safari davomida shartnomalarning quruq soni ortidan quvayotgani, oqibatda ushbu bitimlar natijador bo‘lmay, o‘ta mavhum, madaniy-gumanitar xarakterga ega bo‘lib qolayotgani qayd etildi.

    Shu bois Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligiga mahalliy delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari oldidan tashrifning maqsadi, taklif etilayotgan loyihalar va kutilayotgan amaliy natijalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazish tartibini joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Xizmat safarida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallari ishlab chiqish hamda qat’iy ijro etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda bo‘ladigan Xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkillashtirish haqida ko‘rsatma berdi

    14.08.2018, 20:29   Izoh (0)   27407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    13-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi

    14.08.2018, 20:13

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda bo‘ladigan Xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkillashtirish haqida ko‘rsatma berdi

    14.08.2018, 19:59

    Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bosh vazir 144 ta investitsiya loyihasiga mas’ul etib biriktirildi

    14.08.2018, 19:29

    Surxondaryoda 17 yoshli qiz va 20 yoshli yigit o‘zini poyezd ostiga tashladi

    14.08.2018, 18:32

    Sirdaryoda qilmishiga pushaymon bo‘lgan qidiruvdagi shaxslarga imkoniyat berilmoqda

    14.08.2018, 18:00

    Jizzaxda o‘g‘ri o‘quvchilar qo‘lga olindi

    14.08.2018, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Elit OCHL musobaqasiga qur’a tashlandi. “Nasaf” “Al-Hilol” bilan Qarshida, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli” bilan safar o‘ynaydi

    Sport | 15 avgust, 14:39

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 14:25

    Ommaviy tozalash: Telegram 20,9 mln dan ortiq kanallarni o‘chirib tashladi

    Layfstayl | 15 avgust, 14:05

    17-avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 13:23

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.