Jizzax shahrida shu yil 11-avgust kuni noma’lum shaxslar Obod mahallasida joylashgan “Asr” qahvaxonasi oldida O‘.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobili yukxonasidan 2,4 million so‘m puli, haydovchilik guvohnomasi va mashina hujjatlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.Saydullayev ko‘chasida yashovchi Jizzax transport sanoat kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi I.A. va Farg‘ona ko‘chasida yashovchi Toshkent temir yo‘llari kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Sh.B. sodir etganliklari aniqlandi.
O‘g‘ri o‘quvchilar qo‘lga olindi.
Izoh (0)