AQShning Yuta shtati, Peyson shahrida yashovchi erkak Cessna 525 yengil motorli samolyotida xotini va bolasi bo‘lgan o‘z uyiga borib urildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiyaga ko‘ra, shturvalni boshqargan 47 yoshli Dueyn Yud halok bo‘ldi. Samolyot zarbasidan so‘ng ro‘y bergan yong‘in sababli uy jiddiy talafot ko‘rganiga qaramay, xotini va farzandi omon qoldi.
Tergovchilar havo kemasi Yudning parvozlarga ruxsati bo‘lgan va tajribali uchuvchi hisoblanadigan ish beruvchisiga tegishli, deb hisoblamoqda.
Aytishlaricha, 47 yoshli Dueyn Yud o‘tgan yakshanbada mast holatda turmush o‘rtog‘i tashlangan, shundan so‘ng guvohlar politsiyani chaqirgandi. U hibsga olinib, keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Biroz vaqt o‘tgach erkak Fork-Springvill aeroportiga yo‘l olib, samolyotga o‘tiradi va uni qasddan uyiga borib uradi.
Izoh (0)