Yaponiyada o‘tgan bir hafta ichida kuchli jazirama tufayli kamida olti kishi halok bo‘ldi, 7 mingdan ortiq kishi issiq urishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi “TASS”.
Yaponiya yong‘in bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, bir hafta mobaynida 7079 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Shu yilning may oyi boshidan buyon esa kuchli harorat tufayli butun mamlakat bo‘ylab halok bo‘lganlar soni 144 kishiga, kasalxonaga tushganlar soni esa 78 ming kishiga yetdi.
Ayni paytda Yaponiyadagi jazirama “Shanshan” to‘foni tufayli biroz kuchsizlashdi — ko‘pchilik hududlarda termometr Selsiy bo‘yicha 30 darajani ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)