Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida 457 nafar gitarachi AC/DC guruhining Highway to Hell qo‘shig‘i musiqasini bir vaqtda ijro etdi. Ishtirokchilar elektrogitarada bitta kompozitsiyani bir joyda sinxron ijro etgan kishilar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Meduza jarayon aks etgan videoga e’tibor qaratdi.
The Choirboys guruhi sahnadan olomon ichidagi musiqachilar uchun ritm berib turdi. Gitarachilar Marshall firmasining portativ ovoz kuchaytirgichlaridan foydalandi. Qurilmalar tashrif buyuruvchilarga 45 dollarlik ro‘yxatdan o‘tishdan keyin berildi. Festivaldan tushgan mablag‘lar nosog‘lom muhitdan chiqqan bolalarni musiqaga o‘rgatuvchi Australian Childrenʼs Music Foundation notijorat tashkilotiga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)