Toshkent shahrida “Kuylovchi favvoralar shousi” xalqaro musiqa loyihasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatri yaqinidagi maydonga kelgan minglab tomoshabinlar jonli musiqa ostida yuqoriga intilayotgan favvoralar va beqiyos lazer shousi guvohiga aylandi.
Shouda maestro Arkadiy Berin (Germaniya) va Moldova xalq artisti Konstantin Moskovich ishtirok etdi.
Izoh (0)