Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar – Makkaga haj amallarini ado etish uchun navbati bilan yetib kelayotgan ziyoratchilar “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olinmoqda. Bu haqda “Muslim.uz” nashri xabar berdi.
Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan va Saudiya Arabistonidagi hamkor “al-Hidoya” shirkati rahbarlari tomonidan kutib olindi.
Ziyoratchilar mehmonxonada shirinliklar, muqaddas zam-zam suvi bilan kutib olindi.
Izoh (0)