“Daryo”ga murojat qilgan samarqandlik ayolning nogiron farzandiga Samarqand shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan pasport olish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirib berilgandi. Bosh miya falaji bilan tug‘ilgan Temur Ahrorovga shahar hokimligi tomonidan nogironlik aravachasi ham topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
— Avvalo “Daryo” tahririyatiga alohida minnatdorlik bildiraman. Sizlarga qilgan murojaatimdan so‘ng qisqa fursatda o‘g‘limning pasport olish masalasi hal bo‘lgan bo‘lsa, bugun shahar hokimligi tomonidan farzandimga nogironlik aravachasi taqdim etildi. Buning uchun hokimlik vakillariga ham tashakkur bildiraman, — deydi Ra’no Qo‘ldosheva.
Hozirda Ra’no Qo‘ldoshevaning farzandi Samarqand shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingan. Viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi va 5-son oilaviy poliklinikasi tomonidan T.Ahrorovning salomatligi qayta tekshirilib, muolaja uchun zarur bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlangan.
Izoh (0)