O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari asosida o‘qishga kirish shartlari 15-avgust kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
“Oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan oshirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 15-avgustda Davlat test markazining ‘DTM.uz’ va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ‘Edu.uz’ saytlarida e’lon qilinadi”, — deb yozadi bosh vazir o‘rinbosari.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat oliygohlariga kirish test sinovlari 13 kunda — 1-avgustdan 13-avgustgacha bo‘lgan oraliqda to‘liq yakunlandi. Bu yil o‘qishga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.
Izoh (0)