Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” TIF (Tashqi iqtisodiy faoliyat) bojxona post xodimlari poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo” xabar berdi.
Tekshiruv natijasida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, ov qurollari uchun mo‘ljallangan salkam 10 kilogramm og‘irlikdagi 1315 dona bo‘sh gilzalar yuborilganligi aniqlandi.
Izoh (0)