Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Odiljon Tojiyev 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent islom universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.
U 2017-yil 5-iyuldan hozirga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)