Andijon viloyatida 2018-yilning yetti oyi (yanvar—iyul oylari)da ayollar tomonidan 286 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzuraxon Yunusova O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Qayd etilgan jinoyatlarning asosiy qismini firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqishga urinish, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan davlat mulkini talon-toroj qilish, o‘zgalar mulkini o‘g‘irlash, qasddan tan jarohati yetkazish tashkil etdi.
Jalaquduq tumanida esa 1 ta qotillik sodir etildi. “Bundan tashqari, erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ortgan, 52 nafar xotin-qiz o‘z joniga qasd yoki suiqasd qilgan”, — deydi Manzuraxon Yunusova.
Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisining qo‘shimcha qilishicha, aholi xonadonlarini o‘rganish davomida oila-turmush doirasidagi hamda xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan 430 ta jinoyatning oldi olingan.
Izoh (0)