Ikki kun ichida — 8—9-avgust kunlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining 102 telefon raqamiga daraxtlarga shakl berish yoki ularni kesish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan xavotirda bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro murojaat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Barcha murojaatlar bo‘yicha IIBB xodimlari zudlik bilan choralar ko‘rdi. Uchta holatda obodonlashtirish boshqarmasi vakillari tomonidan tegishli ruxsatnomalar taqdim etildi.
Masalan, Chilonzorning Ye dahasida qurib qolgan daraxtlar olib tashlangan, shu tumanning Bunyodkor ko‘chasida yo‘l bo‘yida o‘sgan daraxtlar tartibga keltirilgan.
Yunusobod tumani 11-dahasida ham eski va shoxlari qurigan daraxtlar olib tashlangan. Shu tumanning Bog‘ishamol ko‘chasida noma’lum shaxslar daraxt kesayotgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, u yerda hududni obodonlashtirish ishlari olib borilgan, xolos.
Izoh (0)