“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 15-sentabrdan “Toshkent—Vladivostok—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, reyslar haftasiga bir marta — shanba kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi (soatlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan):
HY-707 Toshkent 8:30 — Vladivostok 20:10HY-708 Vladivostok 22:00 — Toshkent 00:40 +1
“Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” avvallari ushbu yo‘nalish bo‘ylab parvozlarni charter dasturi bo‘yicha amalga oshirib kelayotgan edi.
Izoh (0)