Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Karinform.uz” xabar bermoqda.
Q.Turdiyev 1964-yilda Chimboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent madaniyat institutini tamomlagan.
U shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Sobiq vazir Polat Aytmuratov Qoraqalpog‘iston Yosh tomoshabinlar teatri direktori lavozimini egallagani bildirilmoqda.