Prezidentning “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
- 2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishga) o‘tiladi;
- 2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi maʼlumotlari asosida shakllantiriladi;
- 2024-yil 1-oktyabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Izoh (0)