O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 57 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-mart oylarida 23,6 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/04/30/2024-04-30 21.05.06-Ym2Z7ppt.jpg)
Maʼlum qilinishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p.
To‘langan soliqlarning 96,5 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta — 8,9 mlrd so‘m;
- Google — 6,5 mlrd so‘m;
- Apple — 4,5 mlrd so‘m;
- Booking.com — 776,8 mln so‘m;
- Amazon — 549,4 mln so‘m;
- Acca — 337,3 mln so‘m;
- Zoom — 333,3 mln so‘m;
- Netflix — 324,7 mln so‘m
- Yandex — 212,1 mln so‘m;
- Xsolla — 193,4 mln so‘m.
Izoh (0)