AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalar AQSh bilan biznes yurita olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Eronga qarshi sanksiyalar rasman joriy etildi. Bu har qachongidan ham keskin sanksiyalardir, noyabrga kelib ular keyingi bosqichgacha kuchaytiriladi. Eron bilan biznes olib borayotganlar Qo‘shma Shtatlar bilan biznes yurita olmaydi. Butun dunyoda tinchlikni talab qilaman, undan kamini emas!” — deb yozdi prezident.
AQShning Eronga qarshi sanksiyalari 7-avgustga o‘tar kechasi amal qila boshladi.
Izoh (0)