Indoneziyadagi Lombok orolining shimoliy qismida 5,5 magnitudali zilzila yuz berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
6-avgust kuni kechqurun qayd etilgan zilzila epitsentri Mataram shahridan 47 km shimoli-sharqda joylashdi.
Epitsentrdagi tebranishlar shiddati bo‘yicha zilzila “juda kuchli” deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun 5-avgust, yakshanba kuni Lombok orolda 6,9 balli zilzila yuz berdi. Avvalroq 80 nafar, keyin 91, 6-avgust kuni esa 142 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilindi. Yer silkinishlari qo‘shni Bali orolida ham sezilgan. Qayd etilishicha, Balida 2 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)