Janubiy Koreyaning Kumi shahrida soxta diniy udum chog‘ida yopiq tobutda ayol kishi nafasi bo‘g‘ilib o‘lib qoldi, deb yozadi The Telegraph.
Ayol tobutda o‘tkazilgan bir kecha uni yovuz ruhlardan tozalab, unga omad keltirishiga umid qilgan edi. Marosimda uning dugonalari ham o‘z tobutlari bilan qatnashgan.
Uch ayol 2-avgust, payshanba uni kechqurun 8:00 atrofida tobutlarga kirib olgan. Taxminan ikki soatlardan keyin ulardan biri nafas olishga qiynalayotganidan shikoyat qila boshlagan. U tobutdan chiqishga uringan, ammo tanishlari uni chidashga ko‘ndirgan.
Ertalab dugonalardan biri uyg‘onib, qutidan chiqqan va qolganlarni tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. U tobutlarning qopqog‘ini ochib, ayollardan biri qattiq uxlab yotganini, ikinchisi o‘lib qolganini ko‘rgan.
Izoh (0)