• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Ehtiyot bo‘ling: Toshkentda bir daqiqa to‘xtash yarim mln so‘m!

    Ko‘pgina davlatlarda “aqlli” shaharlarni yaratish masalasi ko‘ndalang turganda, megapolisga aylantirishni ko‘zlagan Toshkent shahrida hamon oddiygina mashinalar uchun turargoh masalasini hal eta olmayapmiz. Bu haqda O‘zA muxbiri Anora Sodiqova fikr yuritgan.

    Foto: “Nuz.uz”

    Foto: “Nuz.uz”

    Nazarimizda, hokimlik bu masalani yechishni hali kun tartibiga ham qo‘ymagan.

    Shaharlarda avtomobillar uchun to‘xtash, ya’ni parking masalasi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham birdek muammo sanaladi. Butun dunyoda haydovchilar vaqtinchalik to‘xtash uchun joy qidirishni eng asabbuzar ish deb biladi.

    IBM Global Parking Survey korparatsiyasi yigirmata Yevropa davlatlari aholisi o‘rtasida (10 ming kishi qatnashgan) so‘rovnoma o‘tkazgan. Unda har 10 kishidan 6 nafari avtomobilni qoldirish uchun joy izlashni tushkunlikka olib keluvchi vaziyatlardan deb hisoblagan. Shuningdek parking muammosi shaharda biznes rivojlanishi uchun xalaqit beruvchi omillardan biri sifatida ko‘riladi. Markaziy yo‘llarda tirbandlik hosil bo‘lishining 30 foizi haydovchilarning to‘xtash uchun joy izlashlari tufayli kelib chiqadi.

    Bugungi kunda ko‘pgina biznes markazga aylangan shaharlar avtomobil uchun to‘xtash joylarini turli zamonaviy yo‘llarini izlamoqda. Avvaliga ko‘p qavatli avtomobil turar joy binolari qurilgan. Keyinchalik qavatli to‘xtash binolariga joy yetmagach, mavjud biznes markazlari yer osti yo‘llari va tomlarini parkingga aylantirish urf bo‘lgan. Bu uchchala usul ham kor qilmagan joylarda bino tarzida o‘ralmagan, liftli parkovkalar qurish rivojlandi. Ularda mashina qoldirish soatiga o‘rtacha 30 dollar bo‘lib, lift mashinani yuqoriga ko‘tarib joylab qo‘yadi. Bu kabi ixcham avtoturargohlar Germaniya, AQSh kabi davlatlarda rivojlangan.

    Toshkentda hozirda ayrim to‘yxona va tamaddixonalar parkingni hisobga olgan holda qurilish qilmoqda. Yirik supermarketlarda ham albatta, avtoturargoh inobatga olingan. Lekin shaharning aksar qismlarida hozirda faqatgina “to‘xtash mumkin emas” belgilarini ko‘rish mumkin. Buni avtomobillarni shahardagi transport oqimiga xalaqit qilmaslik uchun ko‘rilgan chora, deyish mumkin. Bugunga kelib Toshkent shahrining o‘zida 450 mingdan ortiq transport vositalari harakatlanmoqda. Shahar markazlari doim avtomobillar bilan gavjum. Biroq avtoturargoh u yoqda tursin, markazlarda to‘xtash mumkin bo‘lgan joyning o‘zi topilmaydi.

    Toshkentning Xadra maydonidan O‘rda anhoriga qarab Navoiy nomli ko‘cha bo‘ylab yurarkansiz, avtomobilni chetda to‘xtatishning iloji yo‘q. Chunki ko‘cha bo‘ylarida “to‘xtash mumkin emas” (3.27) belgilari ketma-ket joylashtirilgan.

    Qoidaga ko‘ra, bu belgi (3.27) ostida 1 daqiqa ham to‘xtab turish mumkin emas. Biron ish bilan yo‘l chetida to‘xtab, mashinadan tushdingizmi, YPX xodimi bunga guvoh bo‘lib qolsa, naqd 530 ming so‘m jarima soladi. Joriy yil boshidan bugunga qadar 11 208 nafar haydovchi to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzgan, (3.27) yo‘l qoidasini buzish bo‘yicha 461 063 nafar haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Salkam 500 mingga yaqin haydovchi yarim million, bir yil ichida bu qoidani ikkinchi marotaba buzishi bo‘lsa, 1 million so‘m atrofida jarima to‘lagan.

    Foto: “Nuz.uz”

    Foto: “Nuz.uz”

    Qoidabuzarlarni ayblashga shoshilmaylik. Chunki qoidabuzarga jarima bor-u, lekin tartibni buzmaslik uchun sharoit yo‘q. Vaqtincha to‘xtash uchun maxsus joylar mavjud emas. Bor joylar ham kun davomida avtomobillarga to‘la bo‘ladi.

    Shunday ekan, (3.27) belgilarini kamaytirishning imkoni yo‘qmi? Navoiy xiyoboni Toshkent markazining asosiy ko‘chalaridan bo‘lib, doim mashinalar bilan gavjum. Qoidani buzib to‘xtab turgan mashinalar ham “taxlanib” yotibdi. Lekin kimning bugun omadi chopmagan bo‘lsa, unga bu to‘xtash 530 ming so‘mga tushadi.

    Shahar markazida bu kabi belgilar qo‘yilgan ko‘chalar anchagina. “O‘zbekiston”, “Buyuk Turon”, Islom Karimov nomli ko‘chalarga ishingiz tushsa, piyoda yo‘lga otlanavering. Toshkent sizni sevadi, lekin sizga qulaylik yaratib berolmaydi. To‘xtash uchun sharoit yaratish kerak yoki belgini o‘zgartirish lozim. Aks holda, (3.27) belgili yo‘llar odamlar uchun muammoli, YPX xodimlari uchun esa “daromadli” ko‘chaligicha qolaveradi. Yildan-yilga mashinalarning ko‘payib borishini hisobga olsak, bugun 450 mingta bo‘lgan transport vositalari millionga chiqqanda, turargohlar muammosi yanayam dolzarblashadi.

    06.08.2018, 11:21   Izoh (0)   87413
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIBB O‘zbekistonda avtomobil oynalarini pulli asosda qoraytirishga hali ruxsat berilmaganini eslatdi

    06.08.2018, 08:08

    Toshkentda avtoraqamlarni o‘g‘irlab, bog‘lanish uchun Telegram’dagi kanal manzilini qoldirib ketayotgan o‘smir ushlandi

    04.08.2018, 21:36

    Toshkentliklar bir yilda 60 soat vaqtini taksida o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

    03.08.2018, 21:09

    Tesla rekord miqdorda zarar ko‘rdi, Ilon Mask investorlar oldida uzr so‘radi

    03.08.2018, 05:58

    IIBB YHXB: Aktrisa Farangiz Rejametovaning o‘limidan 16 kun avval u halok bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatish haqida buyruq chiqarilgan edi

    02.08.2018, 23:10

    Jomboylik jinoyatchi uyida 2 ta o‘g‘irlab qochilgan Nexia mashinasini saqlayotgani ma’lum bo‘ldi

    02.08.2018, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.