O‘zbekistonlik professional bokschi, jahonga mashhur Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov bugun, 3-avgust sanasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Sanjarga amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi Sam’s Town Hotel & Gambling Hall’da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun Rahmonov professional faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (5 tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9 tasida g‘alabaga erishgan. Bitta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)