Polsha uchinchi divizionidan o‘rin olgan “Olimpiya Elblong” va “Blenkitni Stargard-Shchetsinski” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hakam futbolchining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
O‘yin vaqtida “Blenkitni” futbolchisi Mixal Suvinski raqibidan orqa tomondan zarba qabul qilib, yiqilib tushadi. Nafas olishi qiyinlashadi.
Uchrashuv hakami Marsin Liana futbolchi oldiga yugurib borib, unga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatadi. Bundan so‘ng futbolchi oyoqqa turadi. Shifokorlar tekshiruvidan so‘ng esa Suvinski maydonga qaytib, o‘yin oxirigacha harakat qilgan.
Izoh (0)