AQShning Missuri shtatida o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘g‘irlik sodir etgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.
57 yoshli Stiven Makkreri 2016-yilning sentabrida Kanzas-Siti shahridagi kredit kooperativiga bostirib kirgan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, u tashkilot xodimiga to‘pponcha bilan tahdid qilgan va kassadagi pullarni berishni talab qilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, to‘pponcha plastmassadan yasalgan bo‘lgan. Jinoyatchi jami 3,8 ming dollarni qo‘lga kiritgan.
Erkak jinoyat sodir etganini 2018-yilning fevralida bo‘yniga olgan. Prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, Makkreri 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Makkreri muqaddam 13 marta sudlangan. Hayotining so‘nggi 39 yilidan 34 yilini yo qamoqxonada, yo sinov muddatida o‘tkazgan.
Izoh (0)