Moskvada liftda yosh ayolga tegajoqlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligi ma’lum qildi.
29 yashar moskvalik ayol notanish erkak bilan liftda ko‘tarilayotganda unga erkak tegajoqlik qilgan.
Shunda ayol erkakni itarib yuborib, kvartirasi joylashgan 16-qavatda liftdan chiqqan. Notanish erkak esa tepaga ko‘tarilgan. Ayol shu yerning o‘zida politsiyachilarni chaqirgan.
Yetib kelgan tezkor guruh ayol tomonidan ishora qilingan erkakni qo‘lga oldi. U 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Yuz bergan hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, jinoyat ishi ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)