Tojikiston milliy aviakompaniyasi — Somon Air samolyoti Buxoroga parvoz qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Reys 28-iyul kuni Boeing samolyotida amalga oshirildi. Uning davomiyligi 45 daqiqa, chipta narxi esa 72 dollarni tashkil qildi.
Bu Tojikiston aviakompaniyasi havo kemasining Buxoroga amalga oshirgan ilk uchishi bo‘ldi. Bundan oldin kompaniya Samarqand yo‘nalishida ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)