IShID terrorchilik guruhi terrorchilari Suriyada as-Suvayda provinsiyasiga hujum paytida asirga olingan 14 nafar ayolni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi Al-Masdar.
Terrorchilar asirga olingan ayollarning qarindoshlaridan ularning hayoti evaziga pul talab qilmoqda. Ular shuningdek, as-Suvayda shimoli-sharqidagi operatsiyalarni to‘xtatish va Suriya cho‘liga xavfsiz o‘tish imkonini taqdim etishlarini talab qilmoqda.
Hozirda Suriya hukumati o‘g‘irlangan ayollarni ozod qilishga harakat qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)