Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 159 kishiga yetdi. Bu haqda, Gvatemala Milliy sud ekspertizasi instituti ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bungacha favqulodda hodisa oqibatida 153 kishi halok bo‘lgani va 332 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Fuego vulqoni 3 iyun kuni otilgan. Baxtsiz hodisa Gvatemalaning 16,6 million aholisidan kamida 1,7 million nafarining tinchligini buzgan.
Izoh (0)