Hindistonning Uttar-Pradesh shtatiga yopirilgan musson yomg‘irlari oqibatida uch kun ichida 58 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, shtatning Saharanpur, Agra, Meyerut, Manipuri, Kasganj va boshqa aholi punktlarida aholi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lgan.
Aksariyat hollarda aholi uylarning tomlari o‘pirilib tushishi, daraxtlar va elektr ustunlarning ag‘darilishi, shuningdek, yashin urishi oqibatida qurbon bo‘lgan.
Uttar-Pradesh shtati katta vaziri Yogi Adityanath avvalroq mahalliy hokimiyat organlariga qutqaruv operatsiyalarini boshlash va noqulay ob-havo sharoiti sabab uylari vayron bo‘lganlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish haqida buyruq bergandi.
Izoh (0)