Indoneziyaning Lombok orolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qurbonlar aynan qanday halok bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Yana 20 kishining jarohatlangani aytilmoqda.
29-iyul kuni Indoneziyaning aholi zich yashovchi Lombok orolida 6,4 balli zilzila yuz berdi. Ushbu orol Rinjani vulqoni va sayyohlar gavjum Bali oroli yaqinida joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 7,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh (0)