Gaaga tribunalida Serbiyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevichni himoya qilgan advokat Misha Ognyanovich Yangi Belgraddagi o‘z uyi oldida otib ketildi, deb xabar beradi Blic.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida advokatning 26 yoshli o‘g‘li ham jarohatlangan. Hozirda advokatning uyi joylashgan massiv o‘rab olingan, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Misha Ognyanovich Serbiyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevichni himoya qilgan advokatlardan biri edi. Aynan mazkur jarayon advokatga mashhurlik olib kelgan edi. Shuningdek, u narkotrafik ustidan nazorat o‘rnatgan Luka Boyovichning ham huquqlarini himoya qilgan.
Qayd etilishicha, advokat bezorilar tomonidan o‘ldirilgan edi.
Izoh (0)