AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakili bilan uchrashib, Afg‘oniston hukumati bilan yaqin kelajakda olib borilishi mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralarining “dastlabki muhokamasi”ni o‘tkazgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldorning ma’lum qilishicha, uchrashuv joriy hafta bo‘lib o‘tgan, biroq aynan qachon va qayerda o‘tkazilgani aytilmayapti. Associated Press’ning qayd etishicha, bu AQSh ma’muriyati va radikal harakat rahbariyati vakillarining dastlabki yuzma-yuz muzokaralari bo‘lgan.
“Bu dastlabki muhokama edi, unda tomonlar keyingi uchrashuvlar va muloqotlarni muhokama qilishgan”, — deydi amerikalik ismi oshkor etilmagan amaldor.
Izoh (0)