Suriyada vafot etgan Rossiya qahramonining qizi prezident Bashar Asad bilan uchrashuvda uning rafiqasi Asmaning portretini chizib berdi. Prezidentning rafiqasi bir kun avval qizga mushukcha sovg‘a qilgan, Rossiya delegatsiyasi a’zolari esa Bashar Asadga samovar sovg‘a qilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
23-iyul kuni Suriyaga mamlakat prezidenti va uning rafiqasi taklifiga binoan rossiyalik harbiy xizmatchilarning beshta oilasi tashrif buyurgan. Ular orasida Rossiya qahramoni Marat Axmetshinning rafiqasi va uch nafar farzandi ham bo‘lgan. Harbiy maslahatchi-artilleriyachi Axmetshin IShID jangarilariga qarshi kurashgan va o‘rtoqlarini qutqarish chog‘ida vafot etgan. 25-iyul kuni Asma Asad halok bo‘lgan harbiylarning oilalari bilan uchrashgan va Axmetshinning kichkina qiziga mushukcha sovg‘a qilgan.
26-iyul kuni Bashar Asad rossiyalik oilalar a’zolarini o‘z qarorgohida qabul qilgan, Bashar Asad bilan suhbat chog‘ida Ralina Axmetshina prezidentining rafiqasi suratini o‘zi sovg‘a qilgan mushukcha bilan chizgan va prezidentga taqdim etgan.
Izoh (0)