Donald Trampning o‘z va’dasini bajarishga intilishi uning kuchli tomoni hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning JARda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bunday xususiyat prezident uchun haqiqiy va ijobiy hisoblanadi, chunki saylovdan keyin u yoki bu yetakchi saylov bo‘layotgan vaqtda xalqqa bergan va’dasini unutib qo‘yadi.
Tramp va Putin bir necha marta bir-birining kuchli tomonlariga baho bergan. Trampning raqobatchilari doimiy ravishda uning Putinga bo‘lgan o‘ta hurmat bilan munosabatini tanqid qiladi.
“Tushunamanki, u tajribali odam, katta tajribaga ega biznesmen, u tushunadiki, agar kim bilandir hamkorlik munosabatini o‘rnatish zarurati bo‘lsa, joriy yoki potensial sherikka hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak, aks holda bundan hech narsa chiqmaydi”, — deya Putin vaziyatga izoh bergan.
Izoh (0)