Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga uning restoranda birga tamaddi qilish haqidagi va’dasini eslatdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Bu haqda Putin BRIKS sammiti doirasida Erdo‘g‘onning Moskva va Anqara aloqalari “boshqa shaxslar tomonidan hasad”ga uchrayotgani haqidagi gapiga javoban aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘on o‘z taklifini tasdiqladi, ammo Putin unga shart bilan javob qildi. “Biz shunday kelishgandikki, siz (Rossiya) go‘sht mahsulotini o‘z bozoringizga kiritsangiz, restoranda bizning go‘shtdan taomlar bo‘lsa, shundagina (ovqatlanamiz)”, — deya hazil qildi Rossiya prezidenti.
Erdo‘g‘on Putinni katta mamnuniyat bilan kutishini aytdi.
Izoh (0)