Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan yubiley sammitida BRIKS mamlakatlari yetakchilari tadbir tashkilotchilarining xatosi tufayli qaytadan suratga tushishga majbur bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Dmitriy Smirnov o‘z Telegram-kanalida xabar berdi.
“BRIKS sammitida tablichkalar chalkashtirib yuborildi, natijada yetakchilar takroran suratga tushishiga to‘g‘ri keldi”, — deb yozdi jurnalist.
Ammo siyosatchilar joy almashganidan keyin ham ularning hech biri o‘z mamlakati bayrog‘i qarshisida turmadi. Masalan, XXR raisi Si Szinpin JAR, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi — Braziliya, JAR prezidenti Siril Ramafos — Rossiya bayrog‘i yonida turdi. Braziliya yetakchisi Mishel Temer Hindiston, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Xitoy bayrog‘i yonidan joy oldi.
Izoh (0)