Paragvayda Ayolasdan Asunsyonga uchayotgan Beechcraft Baron BE58 yengil motorli samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi “Kapital-rus.ru”.
Uning bortida uchuvchidan tashqari, uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan biri mamlakat qishloq xo‘jalik vaziri Luis Gneyting bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Samolyotning bo‘laklarini samolyot uchib chiqqan aeroport yaqinidan topishgan. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.
Izoh (0)