• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “G‘alaba qozonganimizda nemisman, yutqazsak — muhojir”. Mesut O‘zil Germaniya termasidan ketdi. Bundan ikki oy avval u Erdo‘g‘on bilan birga suratga tushgandi

    Germaniya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil milliy termadan ketishini e’lon qildi. U may oyi o‘rtalarida boshlangan mojaroga shunday javob qaytardi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Meduza

    O‘zil Germaniya milliy terma jamoasidagi boshqa bir turk futbolchi — Ilkay Gundo‘g‘on bilan birga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan birga suratga tushgandi. Suratlar Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining Instagram’dagi sahifasida 14-may kuni — Rossiyadagi Jahon Chempionati boshlanishiga bir oy qolganida va Turkiyadagi prezidentlik saylovi poygasi ayni avjiga chiqqan vaqtda e’lon qilingan edi. “Manchester Siti”da to‘p suruvchi Gundo‘g‘on esa Erdo‘g‘onga: “Chuqur hurmat bilan mening prezidentimga” deb yozilgan o‘zining futbolkasini ham sovg‘a qilgan.

    Turkiya va Erdo‘g‘on — hozirgi Germaniya tashqi siyosatidagi eng og‘riqli mavzulardan. Mamlakatda Turkiyaning 1,5 million fuqarosi doimiy istiqomat qiladi — bu Germaniyadagi eng yirik chet elliklar hamjamiyatidir. Yana 2,5 million aholining kelib chiqishi Turkiyaga borib taqaladi (Germaniyaning jami aholisi soni taxminan 80 million). Germaniyalik turklar orasida Erdo‘g‘onning obro‘si baland. Ayni vaqtda u nemis maxsus xizmatlarini 2016-yilgi to‘ntarishga aloqadorlikda bir necha bor ayblagan. O‘z navbatida, Germaniya rasmiylarining fikricha, Erdo‘g‘on o‘z siyosati bilan 2015—2016-yilgi migratsiya inqirozining portlovchi to‘lqini kelib chiqishiga ongli ravishda ko‘mak ko‘rsatgan. Bu inqirozni yengib o‘tish uchun, jumladan, Turkiyaga milliardlab yevrolar ajratishga to‘g‘ri keldi: rasman — Turkiya o‘z hududidagi turmush sharoitlarini yaxshilashi uchun.

    Suratlar e’lon qilinishi bilan futbolchilar shu zahoti tanqid nishoniga aylandi. Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel, jumladan, ittifoq Erdo‘g‘on “yetarlicha hurmat qilmaydigan” qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Grindelning so‘zlariga ko‘ra, taniqli futbolchilar bilan uyushtirilgan fotosessiya Turkiya prezidenti tomonidan “nojo‘ya” tashviqot vositasiga aylantirilgan.

    Chapdan: Ilkay Gundo‘g‘on, Mesut O‘zil, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Jenk To‘sun.

    Chapdan: Ilkay Gundo‘g‘on, Mesut O‘zil, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Jenk To‘sun.
    Foto: Twitter / @akparti

    Bu holatga nafaqat futbol amaldorlari, balki bir qator hurmatga loyiq OAVlar ham norozilik bildirdi. Xususan, konservativ Süddeutsche Zeitung nashri futbolchilarning avtoritar uslubdagi boshqaruvi sabab Yevropada qoralanadigan Erdo‘g‘on bilan ochiq-oydin uchrashuvi sharqliklarning Germaniyadagi “integratsiyasi haqidagi debatlarga zarba bo‘ldi”, deb yozdi. “Bu sportchilar o‘z ta’sir doirasi va mas’uliyatini shu vaqtgacha to‘la his qilib ulgurmagani hayratlanarli”, — deya qayd etgan gazeta. Der Spiegel jurnali futbolchilarning tarafini olgan bo‘lsa-da, ularning harakatini baribir “o‘ylamasdan qilingan ish” deb atadi.

    18-may kuni O‘zil va Gundo‘g‘an o‘z ta’tilini to‘xtatib, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning rasmiy qarorgohida mamlakat prezidenti, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov va futbol ittifoqi rahbari Grindel bilan uchrashish uchun Berlinga yetib keldi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Shtaynmayer, jumladan, “inson bittadan ortiq vatanga ega bo‘lishi va yangi vatan topishi mumkinligi” haqida yozdi.

    Mazkur uchrashuvdan so‘ng, ko‘rinishidan, mojaro yo‘qqa chiqqandek edi. Garchi Jahon Chempionati arafasidagi matbuot anjumanlarida Erdo‘g‘on ishtirokidagi suratlar masalasi takror va takror yuzaga chiqib bo‘lsa-da.

    24-iyun kuni Turkiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tdi, unda Erdo‘g‘on birinchi turdayoq g‘alabani qo‘lga kiritdi. Erdo‘g‘onni Turkiyadagi turklardan ko‘ra Germaniyada istiqomat qilayotgan millatdoshlari faollar qo‘llab-quvvatladi. 27-iyun kuni esa, hali o‘sha vaqtda amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Germaniya Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib, Jahon chempionati bilan xayrlashdi. Milliy termaning sensatsion muvaffaqiyatsizligidan ko‘p o‘tmay, Grindelning sa’y-harakati bilan Erdo‘g‘on ishtirokidagi suratlar masalasi yana kun mavzusiga aylandi: Germaniya futbol ittifoqi rahbari O‘zildan izohlar talab qildi.

    Mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Ilkay Gundo‘g‘on suratlar e’lon qilingan kuniyoq biror bir “siyosiy bayonot” berish niyati bo‘lmaganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq uning harakatiga (Erdo‘g‘on bilan suratga tushganiga) bildirilgan munosabatlarni to‘g‘ri qabul qilishini bildirdi. O‘zil esa, Gundo‘g‘ondan farqli o‘laroq, so‘nggi lahzaga qadar sukut saqladi.

    Chempion avlodning eng yaxshi futbolchilaridan biri

    O‘zilning otasi 20 yoshida Turkiyadan ko‘chib kelgan. Futbolchi 1988-yili Germaniya g‘arbidagi Gelzenkirxen shahrida tug‘ilgan. U 2014-yili chorak asrda birinchi marta Germaniya uchun Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilar avlodining eng iqtidorli vakillaridan biri sanaladi. O‘zil Bremenning “Verder”, Madridning “Real” klublarida muvaffaqiyatli o‘ynagan, hozir esa London “Arsenal”ining asosiy yulduzi.

    Germaniya termasi uchun 92 o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan. “Real” tarkibida 159 o‘yinda maydonga tushgan, 27 ta gol kiritgan, 81 ta golga hammualliflik qilgan. O‘tkir paslarni tez va aniq uzata olish qobiliyati sabab O‘zilni “to‘p uzatishlar qiroli” deb ham atashadi. Shuningdek, uning maydonni ko‘ra olish qobiliyatini, ya’ni, alohida bir lahzada o‘yin vaziyatini aniq-tiniq baholay bilishini ham yuksak qadrlashadi.

    O‘zilning “Real”dagi jamoadoshi Xabi Alonso “hozirgi kunda bunday futbolchini kunduzi chiroq yoqib ham topib bo‘lmasligini” tan olgan. Joze Mourinyo esa “O‘zil mutlaqo takrorlanmas, uning hatto yomonroq, o‘xshamagan nusxasi ham yo‘q”ligini ta’kidlagan. To‘g‘ri, jismoniy tayyorgarligi maromida emasligi va shu bois himoyada ko‘p ham foydasi tegmasligi uchun uni tez-tez tanqid ham qilishadi.

    Boshqa tomondan, Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Uli Xyoness o‘z jamoasining O‘zil o‘ynayotgan “Arsenal”ga qarshi o‘yinlarida aynan turk futbolchisi “ojiz nuqta”ga aylanganini ta’kidlaydi. “Sof sport nuqtai nazaridan qaraganda, u milliy termadagi o‘rnini allaqachon bo‘shatib qo‘ysa ham bo‘lardi”, — degandi Xyoness.

    “Odamlar mening nemis ekanimni tan olishni xohlamayapti”

    O‘zil o‘zining xayrlashuv bayonotida asosiy urg‘uni uning sha’niga yog‘ilayotgan tanqidlar ortida nemis jamiyati va elitasidagi yashirin ksenofobiyasi turganiga qaratgan: “Grindel va uning ittifoqchilari nazarida men g‘alaba qozongan vaqtim nemisman va mag‘lubiyatga uchraganimda muhojirman. Men Germaniyada soliq to‘layman, nemis maktablari uchun xayr-ehson qilaman, Germaniya bilan Jahon Chempionatida g‘olib ham chiqdim, biroq jamiyat meni hali ham qabul qilmayapti. Meni “begona” deb hisoblaydilar. Men nemis jamiyatidagi integratsiya sharafiga mukofotlar olganman, 2015-yili “Nemis futboli elchisi” etib tayinlanganman. Endi esa nemis bo‘lmay qoldimmi? Mening nemislikka muvofiq emasligimni belgilovchi qandaydir mezonlar bormi o‘zi? Do‘stlarim Lukas Podolski va Miroslav Klozeni germaniyalik polyak deb atashmaydi, unda nima uchun men germaniyalik turkman? Yoki gap faqat Turkiyadami? Gap mening musulmonligimdami? Kimsani germaniyalik turk deb atash bilanoq siz boshqa davlatlarda ham qarindoshlari bor insonlarni ayiryapsiz. Men Germaniyada tug‘ilib, shu yerda ta’lim olganman. Nega odamlar meni nemis sifatida tan olishni istamaydi?”.

    O‘zil kompaniya nomini bevosita tilga olmagan bo‘lsa-da, Erdo‘g‘on bilan suratlari e’lon qilingach futbolchi bilan homiylik shartnomasini bekor qilgan Mercedes-Benz’ga ham zahrini to‘kib sochgan: “Ular ortiq men bilan bog‘liq bo‘lishni istamadi, ‘krizis-menejment’ deb ataluvchi narsa ulardan shunday qaror qabul qilishni talab etdi. Vaholanki, qanchalik kulgili bo‘lmasin, Germaniya hukumati o‘sha kompaniya mahsulotlarida xaridorlarga xavf tug‘diruvchi noqonuniy dasturiy ta’minot borligini ma’lum qilgandi”.

    Futbolchi Erdo‘g‘on bilan tushgan fotosuratini “o‘z ajdodlariga bo‘lgan hurmat” deya izohladi. “Turkiyada kimni (prezident etib) tanlashlaridan qat’i nazar, men baribir shu suratlarga tushgan bo‘lardim”, — dedi yarim himoyachi.

    O‘zil Germaniya milliy termasi faxriy sardori Lotar Matteusning “boshqa bir jahon yetakchisi” bilan tushgan surati hech qanday nizo keltirib chiqarmaganini ham eslatib o‘tib, ikki xil standart, ikki xil yondashuvdan ham ranjiganini yashirmagan. “Boshqa bir jahon yetakchisi” — bu Vladimir Putin; Matteus u bilan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati vaqtida uchrashgan edi. Umuman olganda, Matteus ham tanqiddan bebahra qolgan emas: xususan, Bild gazetasidagi maqola: “Matteus qonga botgan qo‘l bilan ko‘rishmasligi kerak edi” degan sarlavha bilan chiqqandi.

    Nemis jurnalistlari O‘zilning yonini oldi

    Aksariyat nemis OAVlari, hatto avvalroq uni “diktatorni qo‘llab-quvvatlaganlik”da ayblaganlari ham, O‘zilning bayonotidan so‘ng uning yonini olib chiqdi. Ko‘plab maqolalar mualliflarining qayd etishicha, nemis jamiyati ham, xususan Germaniya futbol ittifoqi rahbariyatida ham yashirin ksenofobiya va toqatsizlik darajasi yuqori. Jumladan, Raynxard Grindelni futbolchini himoya qilish o‘rniga, uni tanqid qilishni o‘zi boshlab bergani uchun qoralashyapti.

    Süddeutsche Zeitung nashri futbol amaldorlari ilgari surgan mantiqni ehtiyotkorlik bilan himoya qilishga uringan. Gazeta O‘zilning Erdo‘g‘on bilan uchrashuv borasidagi nuqtai nazarini ishonarli emas, deb hisoblagan. Gazeta ijodkorlarining fikricha, amaldagi Turkiya prezidenti kabi siyosatchi bilan oshkora qo‘l berib ko‘rishish — ayniqsa, saylovoldi kampaniyasi ketayotgan bir vaqtda — uni qo‘llab-quvvatlash deb talqin qilinishi aniq edi. Boz ustiga, agar O‘zil odamlar bu suratlarni boshqacha qabul qilishlarini istasa, allaqachon buni tushuntirib berishi ham mumkin edi.

    Demokratiya dushmani degan obro‘ orttirib ulgurgan “Germaniya uchun muqobil yo‘l” partiyasi a’zolari O‘zilni “o‘xshamagan immigratsiya namunasi” deb atadi va Germaniya futbol ittifoqini “O‘zilning nuqtai nazarini yanada qattiqroq tanqid qila olmagani uchungina” qoraladi. Bu esa futbolchining qarashlarini qoralash ortida irqchilik va ksenofobiya turibdi deb hisoblayotgan O‘zilning himoyachilari ixtiyoridagi da’volarni ko‘paytirishga xizmat qildi, xolos.

    Germaniya futbol ittifoqi hozircha kichik bir bayonot berdi, xolos; unda milliy termadagi faoliyati uchun O‘zilga minnatdorlik hamda unga qaratilgan tanqidlar tagma’nosida futbolchi irqchilikni ko‘rgani afsuslanarli ekani bildirilgan. Shunga qaramay, futbol amaldorlarining qayd etishicha, “agar O‘zil shunchaki zarur javoblarni berganida edi”, hech qanday muammo bo‘lmasdi.

    Biroq Der Spiegel bu mojaro oxir-oqibat Germaniya futbol ittifoqi rahbari Grindelning iste’fosi bilan yakuniga yetishi mumkinligini ham istisno etmayapti. Germaniya kansleri Angela Merkel hozircha O‘zilning milliy termadan ketishi haqidagi qarorini hurmat qilishi haqidagi bayonotcha bilan cheklandi. FIFA qoidalariga ko‘ra, mamlakat rahbariyati futbol federatsiyasi ishiga aralashishi mumkin emas, aks holda sanksiyalar qo‘llanilishi, mamlakat hatto FIFAdan chetlatilishi mumkin.

    Kuzda 2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati mezbonligi qaysi mamlakatga nasib etishi ma’lum bo‘ladi. Da’vogarlar hozir ikkita — Germaniya va Turkiya.

    25.07.2018, 19:32   Izoh (0)   38131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Diyego Simeonedan navbatdagi yurish. “Atletiko M” Jelson Martinshni o‘z safiga qo‘shib oldi

    25.07.2018, 16:00

    Gvardiola “Manchester Siti”ning yangi mavsumdagi asosiy raqibi nomini ma’lum qildi

    25.07.2018, 15:25

    FIFA muxlislar talqiniga ko‘ra JCh—2018 ramziy terma jamoasini e’lon qildi, unda Messi yo‘q

    25.07.2018, 14:56

    Osiyo o‘yinlari—2018. Futbol bo‘yicha qur’a natijalari o‘zgardi

    25.07.2018, 14:14

    “Everton” braziliyalik Risharlisonni 50 mln funt sterlingga sotib oldi

    25.07.2018, 10:15

    Rasman: JCh—2018 da javlon urgan shvetsiyalik Robin Olsen “Roma” futbolchisiga aylandi

    25.07.2018, 10:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oxiri yo‘q rilslar, yo‘qotilayotgan vaqt: telefon qaramligidan qutulish uchun 8 qadam

    Layfstayl | 28 iyun, 11:02

    Qibrayda fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 10:55

    Tramp Eronga 30 mlrd dollarlik yadroviy taklif bermoqchi ekanligini rad etdi

    Dunyo | 28 iyun, 10:40

    Faqat pensiyaga chiqqanda emas: necha yoshdan boshlab xolesterin miqdorini tekshirib borish kerak?

    Salomatlik | 28 iyun, 10:35

    Tramp Eron hukumati u bilan imkon qadar tezroq uchrashishni istayotganini bildirdi

    Dunyo | 28 iyun, 10:10

    Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan munosabat bildirildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.