Madridning “Atletiko” klubi o‘z safiga portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi Jelson Martinshni qo‘shib olganini e’lon qildi.
23 yoshli Martinsh klub bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Jelson madridliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Futbolchi Lissabonning “Sporting” klubi bazasida muxlislar bilan bog‘liq ayanchli voqealardan so‘ng klub bilan shartnomasini bekor qilgandi.
O‘tgan mavsum Martinsh “Sporting” safida 31 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Izoh (0)