Angliyaning “Everton” jamoasi “Uotford”dan braziliyalik yarim himoyachi Risharlisonni sotib olganini e’lon qildi.
Futbolchi “Everton” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Risharlison yangi klubi safida 30-raqamda to‘p suradi.
Qayd etilishicha, “Everton” 21 yoshli futbolchi uchun 50 million funt sterling to‘lagan.
Ma’lumot uchun Risharlison o‘tgan mavsum APLda 38 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)