Avstraliyada 5 yoshli bola muzlatgichga yopishtirilgan 30 ta magnitni yutib yubordi. U ichak zararlanishi tashxisi bilan shifoxonaga tushdi, deb xabar beradi New Zealand Herald.
Hodisa Melburn shahrida yuz berdi. Noy Lefo ismli 5 yoshli bola buvisi bilan uyda qolgan edi. Bolaning buvisi Noyning qornini ushlab, ingrayotganini ko‘rgach, tez yordam chaqirgan.
Shifokorlar bolaning qornini rentgen yordamida tekshirib, u yerda 30 ta yumaloq metal buyum borligini aniqlagan. Shunda bolakay kulrang magnitchalarni xo‘rozqand deb o‘ylab, yutib yuborganini aytgan.
Jarrohlar bolaning qornidan magnitlarni chiqarib olish uchun 6 soat vaqt sarfladi. Ularning ta’kidlashicha, agar Noyni biroz kechikib olib kelishganida, u hayotdan ko‘z yumishi mumkin edi.
Izoh (0)