Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi. Ularga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar qilindi.
Maʼlum bo‘lishicha, Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘lim boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yildagi 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni jamiyat rahbariga aytmaslik evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.

Xodim pullardan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Keyinchalik ushbu jinoyatga jamiyatning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqadorligi aniqlandi.
Sud hukmi bilan ushbu shaxslarga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan 2 yil muddatga cheklanib, 2 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)