Jizzaxda fuqarodan olib qo‘yilgan yerlari evaziga hokimlikdan kompensatsiya undirib berildi. Bu haqda viloyat MIB Jizzax viloyat boshqarmasi xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroga tegishli yer maydonining maʼlum qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olinganiga qaramay, unga o‘z vaqtida kompensatsiya pullari to‘lanmay kelgan.

Shundan so‘ng ushbu shaxs sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan daʼvogarlar foydasiga javobgar tuman hokimligidan 441 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan.
Sud hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilib, hokimlikdan ikki nafar fuqaro foydasiga 441 million so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirib berildi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilan. Unga ko‘ra, egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, uni kelishuvni imzolashga majbur qilish taqiqlanadi.
Izoh (0)