Nyu York apellyatsiya sudi quyi instansiya sudining AQSH prezidenti Donald Trampga Trump Organization aktivlarini baholashdagi firibgarlik ishi bo‘yicha 515 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagan qarorini bekor qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Shu bilan birga sud Amerika rahbari va uning ikki katta o‘g‘liga bir necha yil davomida korporatsiyalarda rahbarlik lavozimlarini egallashni man qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Oq uy rahbariga belgilangan jarima “haddan tashqari” bo‘lgan.
Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida “to‘liq g‘alaba”ni e’lon qildi.
“Sudning Nyu York shtati bo‘ylab biznesga zarar yetkazgan g‘ayriqonuniy va sharmandali qarorni bekor qilishga jasorati yetgani uchun chuqur hurmat bildiraman”, dedi AQSH rahbari.
10-yanvar kuni Nyu York sudi Trampni moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirish ishi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qildi va unga rasmiy sudlanganlik holatini qoldirdi. Siyosatchiga shartli bo‘lmagan ozodlik berildi. Bu esa unga na qamoq jazosi, na jarima, na sinov muddati tayinlanmasligini anglatadi. Shu bilan birga, ayblov hukmi o‘z kuchida qolmoqda.
Shunday qilib, Tramp jinoiy ishlar bo‘yicha sudlangan holda lavozimga kirishgan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.
Izoh (0)