Napa Team kompaniyasi Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevga yuqori texnologiyali Technopark Napa parkini yaratish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng poytaxtda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi maydon va IT-mutaxassislarni amaliy tayyorlash manzili paydo bo‘lishi mumkin.
Texnopark ko‘plab startaplarga hayot bag‘ishlashi mumkin, investorlar hisob-kitobiga ko‘ra, ularning soni yiliga kamida 250 ta bo‘ladi. Mazkur loyihaga IT-startaplar eng ko‘p jamlangan Isroil texnoparklari namuna sifatida tanlandi. Loyihani to‘liq joriy etish uchun 12 ming kvadrat metr maydon talab qilinadi.
Izoh (0)